28/03/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida  Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Jizzax viloyati statistika boshqrmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida 2024-yil 27-29-mart kunlari “Statistika” yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur sayyor o‘quv kursida institut direktori professor B.K.G‘ayibnazarov, “Statistika” kafedrasining katta o‘qituvchisi  Sh.R.Djumaniyazov va Jizzax viloyati Statistika boshqarmasining statistika hosobotlarini qabul qiluvchi mas’ullari o‘zlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.
Shunungdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi va muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar ko‘rsatildi. Kurs yakunida faol tinglovchilarga namunadagi sertifikatlar topshirildi.