So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-may holatiga koʻra Jizzax viloyati xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida savdo faoliyati bilan band boʻlganlarning ulushi 43,9 % yoki 5 464 birlik bilan ustunlik qiladi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 197,1 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  140,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 16,4 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,1 % ga oshgan. 

2023-yil 1-iyun holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni

2023-yilning yanvar-aprel oylarida, shaxsiy xizmatlar hajmi 3 330,3 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

Bugun 23-iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Targ‘ibod tadbirida Davlat statistik hisobotlarini topshirish tartibini buzgan subyektlarga nisbatan ma’muriy ishlar yurutilishi to‘g‘risida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2023- yilning yanvar-may oylar yakunlariga ko‘ra, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 7,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 101,5 % o‘sish sur’atlari kuzatildi va ishlab chiqarish hajmi 539,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning may oyida viloyatning barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 49,1 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 0,7 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida, Jizzax viloyatida jami 1331,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar- may oyiga nisbatan 100,7 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar- may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 562,8 ming so‘mga yetdi. 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 107,6 % ni tashkil etdi.

TSAda eksport hajmi 77566,4 ming AQSH dollariga (14,8 % ga kamaydi) va import hajmi 427927,7 ming AQSH dollariga (133,6 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -350361,3 ming AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

2023-yilning yanvar-may holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 1996,5 ming. so‘mni (2022- yilning yanvar-may oyiga nisbatan 102,9 %) tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 31,2 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 122,8 % ni tashkil etgan. Shuningdek, 2023- yilning yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,9 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 105,9 % tashkil etgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1 298,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning may oyida viloyatning barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-may oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 0,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 93,0 % ni tashkil etgan.