Joriy yilning 28- noyabr kuni Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida hududiy statistika organlari xodimlari tomonidan yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazilmoqda
Mazkur kuzatuv jarayonida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yuk ko'tarish qobilyati, bir marta tashishdagi o‘rtacha og'irligi, bir qatnovdan o'rtacha tushgan tushim, bir oyda ish kunlari soni, yukni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlanma kuzatuvida olingan ma’lumotlar kuzatuvga mas’ul xodimlar tomonidan planshet qurilmalariga qayd etib borilmoqda.