28/11/2024

      Aholini   ro‘yxatga   olish to‘g‘risidigi    O‘zbekiston    Respublikasining   Qonunida   respondentlarning va ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari ham to‘liq belgilab berilgan.

      Respondentlar quyidagi huquqlarga ega:

      - o‘zining        shaxsga        doir        ma’lumotlari        nima        maqsadda yig‘ilayotganligini,    ushbu    ma’lumotlardan    kim    va    qanday    tarzda foydalanishini bilish;

      - o‘zi   uchun   to‘ldirilgan   ro‘yxatga   olish   varaqlari   bilan   tanishib chiqish,     ro‘yxatga     olish     varaqlariga     kiritilgan     shaxsga     doir ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;

      - ro‘yxatga  oluvchi  xodimlardan  tegishli  guvohnomani  ko‘rsatishini talab   qilish,   rad   etilgan   taqdirda   esa   -   ro‘yxatga   olish   varag‘idagi savollarga javob bermaslik;

      - ro‘yxatga  olish  varag‘ining  shakliga  binoan  shaxsga  doir  ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish.

      Respondentlar    aholini    ro‘yxatga    olishni    o‘tkazishga    monelik qilmasligi shart.

     

      Shu bilan birga, ro‘yxatga oluvchi xodimlar quyidagi huquqlarga ega:

      - ro‘yxatga   olish   varag‘iga   binoan   respondentlardan   shaxsga   doir ma’lumotlarni olish;

      -aholini  ro‘yxatga  olishga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish  bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olish.

      Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:

      - shaxsga      doir      ma’lumotlarni      yig‘ishni      boshlashdan      oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi;

      - o‘z    vakolatlariga    muvofiq    ishlarni    sifatli    va    belgilangan muddatlarda bajarishi;

      - shaxsga  doir  ma’lumotlarni  yig‘ish  jarayonida  Aholini  ro‘yxatga olish  dasturida  belgilangan  savollar  ro‘yxatiga  rioya  etishi,  ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

      - shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning

      - mazmunini oshkor qilmasligi shart.

 

 Paxtakor tumani statistika bo‘limi