2024-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Jizzax shahrining chakana savdo aylanmasi hajmi 1 897,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 % ni tashkil etdi.
Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 9 609,8 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 397,9 mlrd so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 110,5 mlrd so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 7 027,8 mlrd so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 2 102,9 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.