12/08/2024

      2024-yilning yanvar-iyun oylarida 15,6 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

      Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,9 ming nafarga yoki 33,1 % ga oshgan.

      2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

      dam olish – 12 985 nafar;

      qarindoshlarni yoʻqlash – 1 756 nafar;

      xizmat yuzasidan – 759 nafar;

      tijorat – 39 nafar;

      oʻqish – 19 nafar;

      davolanish – 6 nafar.