05/07/2024

     Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

     Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, ommaviy tadbir tashkilotchilari va tadbir o‘tkazish obyekti ma’muriyatining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qiladi, ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlanadi. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.