Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-sonli qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qonunning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Qonun pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.
Ushbu Qonunning amal qilishi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan davlat va nodavlat ta’lim pedagoglariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagogdir. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.