2022/2023 oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga 134 217 nafar xotin-qizlar qabul qilingan.Qabul qilingan xotin-qizlar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
Taʼlim – 65 065 nafar;
Sanʼat va gumanitar fanlar – 14 286 nafar;
Biznes, boshqaruv va huquq – 11 741 nafar;
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 10 291 nafar;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 10 167 nafar;
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 8 487 nafar;
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 4 428 nafar;
Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
Xizmatlar – 2 971 nafar;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 2 754 nafar.