21/07/2023

Joriy yilning 21-iyul kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"  hamda "Huquqiy targ‘ibot tadbiri" tashkil qilindi

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan siyosiy-ma’rifat soatida Jizzax viloyati statistika xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu siyosiy-ma’rifat soatida haftaning muhim yangiliklari bilan bir qatorda “Bir chimdim” ma`naviyat rukni ham qatnashchilar e’tiboriga havola  etildi.Tadbir davomida boshqarmaning boshyuriskonsulti G'ulom Qo'shaqov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 287-sonli “Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori o'qib eshittirildi.Xodimlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, Xulosa o‘rnida qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.