20/07/2023

2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 1,0 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 54,5 %ni tashkil etdi.

Shuningdek, mashina, asbob-uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 0,7 trln. soʻm (jami investitsiyalardagi ulushi 38,4 %)ni hamda boshqa xarajatlar 0,1 trln. soʻm (7,1%)ni tashkil etdi.