30/03/2023

Joriy yilning 30- mart kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida  Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda boshqarma  xodimlari  va tuman shahar statistika bo‘limlari xodimlari onlayn ishtirok etdi.

Tadbirni  Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi boshligʻi  Dilshod Mulladjanov  ochib berib, bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, taʼlim tizimi, fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari, xususiy mulkchilik shakllari  boʻyicha belgilanayotgan oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.Boshqarmada “Konstitusiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati” mavzusida va O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” O‘RQ–819-son Qonuni to‘g‘risida ham tushuntirildi.Yangilanayotgan Konstitusiya O‘zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Konstitusiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Shuningdek, shu yilning 30- aprelida yurtimizda boʻladigan siyosiy tadbir – referendumda fuqarolarning faol ishtirok etishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Axborot xizmati

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish