O‘tgan yilga nisbatan umumiy eksport hajmi oshdi va MDH mamlakatlarining jami eksportdagi ulushi 2021-yil yanvar-aprel oylaridagi 37,0 % dan, 2022-yilning yanvar– aprel oylarida 35,5 % ga kamaydi.
Mos ravishda boshqa mamlakatlarning jami eksportdagi ulushi 2021- yilning shu davrida 63,0 % ni tashkil etib, 2022- yilning yanvar- aprel oyida 64,5 % ga ko‘paydi.
2022- yilning yanvar-aprel oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida,
Turkiya (28,1 %),
Xitoy Xalq Respublikasi (eksport umumiy hajmining 20,6 %),
Rossiya Federatsiyasi (18,6 %),
Qozog‘iston (12,1 %),
Italiya (3,5 %) va Afg‘oniston (3,5 %) davlatlari egallab turibdi, hamda ularning jami eksportdagi ulushi 86,4 foizni tashkil etmoqda.
Axborot xizmati