10/10/2025

      O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabalari ishtirokida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbirida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

     Qarorga asosan bir qancha hujjatlar tasdiqlangan, Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun savolnoma shakllari ro‘yxati 3-ilovaga hamda mazkur shakllar 3.1-3.6-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan.

   Ishchi guruh bir oy muddatda Milliy statistika qo‘mitasining “Aholini ro‘yxatga olish axborot tizimi" (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatga olish axborot tizimi) negizida, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomalarini qo‘shgan holda mazkur tizimni takomillashtirishni, sinovdan o‘tkazishni va uning uzluksiz ishlashini taminlashi belgilangan. 2025-yil 15-oktabrga qadar roʻyxatga olish axborot tizimi Oʻrnatiladigan "mahalla yettiligi" xodimlarining planshet qurilmalari xatlovdan oʻtkazilishini,
2025-yil 1-noyabrga qadar roʻyxatga olish jarayonlarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun “Koll-markaz” tashkil etish ishlarini; 2025-yil 1-dekabrga qadar roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini "mahalla yettiligi" tizimi va boshqa jalb qilinadigan xodimlarning planshet qurilmalariga oʻrnatish va boshqa vazifalar belgilangan. Shuningdek yig‘ilishda qarorning boshqa muxim jixatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.