03/10/2025

     Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 173-sonli farmoniga asosan qabul qilingan Milliy statistika qo‘mitasining 87-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

     Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish tadbiri) 2026-yil 15-yanvar holatiga koʻra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar oʻtkazilishi belgilangan.Ishchi organi zimmasiga bir qancha vazifalar yuklatilgan. roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini taʼminlash.

     Roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish, roʻyxatga olish materiallariga ishlov berishni tashkil etish hamda uning yakuniy natijalarini eʼlon qilish masalalariga doir takliflarni koʻrib chiqish. roʻyxatga olish tadbirida ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni ularning mehnatiga haq toʻlash masalalarini hal qilgan holda jalb etish ishlarini tashkil etish. Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.