Jizzax viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10.09.2025 yildagi PF-163-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Farmon bilan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari belgilab berildi.
yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish; yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini ta’minlash; yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish orqali ular ongiga turli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyaviy tahdidlarga mahalla darajasida qarshi kurashish; yoshlarga oid ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va doimiy ravishda yangilab borish jarayonlarini raqamlashtirish orqali yoshlarning ijtimoiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishga jalb etiladigan mehnat resurslari samaradorligini oshirish.
Bunda “Ulkan maqsadlar, samarali mehnat, oqilona turmush” g‘oyasi asosida yoshlarda ulkan marralarni zabt etishda o‘ziga bo‘lgan ishonch va iroda shakllantiriladi, bilim va intizom bilan mehnat qilish ko‘nikmalari kuchaytiriladi, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va o‘z axloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lish kabi hayotiy qadriyatlar ommalashtiriladi. Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



