16/09/2025

     Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda aytilishiga ko‘ra:

     ▪️ Ro‘yxatga olish tadbirlari 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi;

     ▪️ Uning dastlabki 17 kuni internet orqali o‘tkaziladi;

     ▪️ Keyingi 30 kun mobaynida “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshiriladi;

     ▪️ Savollar soni dastlab rejalashtirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirildi.

     ▪️ Ro‘yxatga olish natijasida aholi tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

     ▪️ Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi.

     “Yurtimiz taraqqiyoti va har bir fuqaroning munosib hayoti uchun aholini ro‘yxatga olish jarayonida hamjihatlikda ishtirok etaylik! Har biringizning ishtirokingiz – kelajagimiz kafolati!”

     Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz!