Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrda qabul qilingan “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-157-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilishda davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratik to‘siqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida qaror qabul qilindi. Ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:2028-yilga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish; proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish belgilangan.
Byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, sohaga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish orqali yiliga aholining 47 milliard so‘m mablag‘larini tejash hamda ma’muriy xarajatlarni 80 milliard so‘mga qisqartirish ma’lum qilingan. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda aholi gavjum joylarni bosqichma-bosqich 1100 ta interaktiv kiosklar bilan ta’minlash orqali
49 milliard so‘m ma’muriy xarajatlarni tejash belgilangan. Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.