Joriy yil 10 iyul kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident qarori ga ko‘ra ayni kunlarda Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramini munosib nishonlash, chekka tumanlardagi mahallalar va ovullarda yangi milliy ruhiyatni yanada kuchaytirish hamda jamiyat birdamligini ta’minlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar hamda ijtimoiy loyihalarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” o‘tkazilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan ushbu festival sababli ilm-ma’rifat, adabiyot va san’at ahli, taniqli xonandalar mahallalargacha borib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda yuz berayotgan voqeliklarning asl mazmun mohiyati borasida dildan suhbatlar qilib, go‘zal she’r, kuy-qo‘shiqlar bilan yurtdoshlarimiz orasida o‘zaro mehr rishtalarini bog‘lamoqda.
Shu munosabat bilan boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Gʻ.Tangriyev davra suhbatida soʻzga chiqib, Mustaqillikning 34-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”" mavzusida oʻz fikr mulohazalarini bildirib tadbirni ochib berdi. Shu bilan birga Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha belgilangan vazifalar toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.
Yigʻilish soʻngida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Gʻ.Tangriyev mustaqillikni munosib kutib olish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarnini berib oʻtdi.