01/08/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      Bundan tashqari Milliy statistika qo'mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limi boshlig‘i O.Soliyev statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashida olib boriladigan ishlar va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, javobgarlik holatlari to‘g‘risida aytib o‘tdi.

      Korrupsiya ma’naviy nuqtai nazardan axloqsizlik va illat, huquqiy jihatdan jinoyat hisoblanadi. “Korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “pora evaziga og‘dirish” degan lug‘aviy ma’noni anglatadi. Yuridik ensiklopediyada qayd etilishicha, “Korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir”. Ushbu masalalar to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berildi, Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.