04/06/2025

      Tadbirda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘lim boshligʻi Bahor Mamayusupova va bosh yuriskonsult Qo‘shoqov G‘ulom hamda boshqarma Axborot xizmati bosh mutaxassisi Dilshod Turmatov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 16-mart kuni tasdiqlangan OʻRQ-611-son “Aholini roʻyxatga olish ” toʻgʻrisidagi qonunining mazmun mohiyati,  2024-yilning 4-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son Prezident Qarori qabul qilinganligi, Qarorning mazmun mohiyati, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026-yillarda amalga oshirilishi, Statistika qoʻmitasi tizimi yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi; 2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi; Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi. Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.