Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 39,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 103,7 ming tonna karam eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025-yilning 4 oyida eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 69,7 ming tonna
Qozog‘iston – 22,6 ming tonna
Qirg‘iz Respublikasi – 6 ming tonna
Belarus – 3,3 ming tonna
Latviya – 1,3 ming tonna
boshqa davlatlar – 0,8 ming tonna