Joriy yilning 20-may kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari G'ulom Tangriyev, "Narx statistikasi" bo‘limi boshlig'i Jaxongir Yoʻldoshev hamda Arnasoy tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Vahob Lutfullayevlar tomonidan 5-narx o'rtacha (haftalik) kuzatuvi o‘tkazildi. Arnasoy tumanida faoliyat yuritayotgan, hozirda 5-narx o'rtacha (haftalik) tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borilib narx-navolari oʻrganildi. Mahsulotlar narxlari planshet qurilmasiga kiritildi.
Kuzatuv davomida mutaxassislar tomonidan narxlarni o'rganishda planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.