20/05/2025

      Joriy yilning 20-may kuni  Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari G'ulom Tangriyev va  "Narx statistikasi" bo‘limi boshlig'i Jaxongir Yoʻldoshev hamda Paxtakor tumani statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi Etmishev Gʻanisherlar ishtirokida oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi o'rganildi. Bundan tashqari mutassadilar “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvi bo'yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.