20/05/2025

      Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025- o‘quv yili boshiga, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning (o‘rindoshlarsiz) umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

      Ushbu ko‘rsatkich 2015/2016- o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 % ga oshgan.

      Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:

      — 2015/2016- o‘quv yili boshiga - 385 ming nafar;

      — 2016/2017- o‘quv yili boshiga - 390,6 ming nafar;

      — 2017/2018- o‘quv yili boshiga - 409,4 ming nafar;

      — 2018/2019- o‘quv yili boshiga - 444,2 ming nafar;

      — 2019/2020- o‘quv yili boshiga - 486,6 ming nafar;

      — 2020/2021- o‘quv yili boshiga - 508 ming nafar;

      — 2021/2022- o‘quv yili boshiga - 510 ming nafar;

      — 2022/2023- o‘quv yili boshiga - 521,6 ming nafar;

      — 2023/2024- o‘quv yili boshiga - 547,8 ming nafar;

      — 2024/2025- o‘quv yili boshiga - 564,9 ming nafarni tashkil etgan.