Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 816,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 325 tonna sarimsoqpiyoz eksport qilgan.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 72,4 tonnaga yoki 28,7 % ga oshgan.
Oʻzbekiston 2025-yilning dastlabki 3 oyida eng koʻp sarimsoqpiyoz eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 208 tonna
Polsha – 60 tonna
Qirgʻiz Respublikasi – 25 tonna
Kipr – 14 tonna
Turkmaniston – 12 tonna
Boshqa davlatlar – 6 tonna