2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda yirik shoxli qoramollarning 6,8 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 89,6 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,6 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelib, shundan sigirlarning 7,7 % i fermer xo‘jaliklariga, 88,3 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 4,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.