15/05/2025

      2025-yilning 14- may kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi Baxmal tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan tumandagi oila va xotin-qizlar bo'limi xodimlari bilan  “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik ko'rish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

      Ma’ruzachi tomonidan O‘zbekistonda bu tadbir ilk bor o‘tkazilayotganini inobatga olgan holda qabul qilingan mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr, jumladan O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019-yil 5-fеvrаldаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2022-yildа аhоlini ro‘yхаtgа оlishni o‘tkаzish kоnsеpsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5655-sоn Fаrmоni, 2020-yil 16-mаrt O‘zbеkistоn Rеspublikаsining O‘RQ-611-sоnli qonuni, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining  2020-yil 3-аvgustdаgi “Milliy stаtistikа tizimini tаkоminllаshtirish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-4796-sоnli qаrоrida belgilangan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

      Shuningdek, ushbu me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

      Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.