12/05/2025

Joriy yilning 12- may kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari G'ulom Tangriyev, Narx statistikasi boʻlimi boshligʻi Jahongir Yoʻldoshev hamda Jizzax shahar statistika boʻlimi registratori Tohir Xidirovlar tomonidan “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining  xizmatlar guruhi boʻyicha Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolar oʻrganildi. Kuzatuv davomida registratorlar tomonidan xizmatlar narxlarini o'rganishda  ma'lumotlarni planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.