Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni yanada targ‘ib qilish, an’analarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizning kundalik hayotimizda tutgan o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur tashabbus doirasida Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘zbek milliy liboslarida ish joylariga tashrif buyurdilar.

Ularning atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslari nafaqat estetik go‘zallik balki, xalqimizning boy madaniy merosini ifoda etib, ish muhitiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. “Milliy liboslar kuni” nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni hurmat qilish va yosh avlodga ulug‘ ajdodlarimiz merosini yetkazish kabi muhim maqsadlarga ham xizmat qiladi. Shu boisdan, bunday tashabbus davlat idoralaridan tashqari, turli tashkilot va muassasalarda ham keng joriy etilishi maqsadga muvofiqdir.