Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-mart oylarida 304,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
2025-yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Ko‘mir – 1,2 mln tonna;
Neft – 160,8 ming tonna;
Tabiiy gaz – 11,3 mlrd kub.m;
Gaz kondensati – 296,6 ming tonna;
Yuk avtomobillari – 915 dona;
Avtomobil dvigatellari – 70 020 dona;
Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 89 848 dona.