24/04/2025

      Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 120,4 trln so‘mni tashkil etgan.

      Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 71 % ga yetgan.

      O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

      Xitoy – 33 %;

      Rossiya – 10 %;

      Turkiya – 5,2 %;

      Saudiya Arabistoni – 4,7 %;

      Niderlandiya – 3,7 %;

      Germaniya – 3,3 %.