2025- yil yanvar-mart oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 4 856,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 817,8 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: 2024- yil yanvar-mart oylarida xizmatlar hajmi 4 038,7 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 111,1 % ni tashkil etdi.
22/04/2025