21/04/2025

      Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida qiymati 1,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2 848,1 tonna olma eksport qilgan.

      Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 784,6 tonnaga yoki 2,7 barobarga oshgan.

      2025-yilning dastlabki 3 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olma eksport qilgan davlatlar:

      Rossiya – 1 902,7 tonna;

      Qozogʻiston – 707,9 tonna;

      Turkmaniston – 148,6 tonna;

      Moʻgʻuliston – 52,8 tonna;

      Qirg‘iz R. – 35 tonna.