18/04/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 212-sonli mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini raqamlashtirish va bir xil tartibga solish orqali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.

      Qarorda Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom; Viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risidagi namunaviy nizom; Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom; Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.