28/03/2025

      2025- yilning 28- mart kuni belgilangani kabi Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishga milliy liboslarda tashrif buyurishdi.
     

      Ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish – har birimiz uchun sharaf!


      Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari qolaversa, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. O‘z millatimizga mos ravishda kiyinishimiz qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir!


      Har bir elning o‘ziga xos urf-odatlari va qadriyatlari bor. Milliy liboslar ularning ajralmas qismi sanaladi. Xalqimizga xos an’ana va qadriyatlarni mujassamlashtirgan milliy liboslarimiz yurtimiz mehmonlarini doim qiziqtirib kelgan.