Joriy yilning 14- mart kuni Jizzax shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi Texnikumi talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 5655-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 16- martda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 611-sonli Qonunining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda Jizzax viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B.Mamayusupova qatnashib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni o‘tkazilishi hamda mazkur tadbirning mazmun mohiyati haqida to‘xtalib, ushbu jarayonda olingan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berdi.