So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 63,6 %ni tashkil etdi. 

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 55 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 627 196 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, ushbu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafarga (6,4%) koʻpaygan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 73,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 36,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyul oyida chakana savdo tovar aylanmasi 4236,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 1491,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 15,6 ming kishiga yoki 101,1 % ga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida axborot va aloqa sohasida 1 792 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ular 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 629,8 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 80,8 % bilan ustunlik qildi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 170,2 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 martaga oshgan.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 4 826 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda aloqa va axborotlashtirish (123,6 %), ta’lim sohasidagi (122,6 %), moliya (121,1 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 78 111,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Jami sanoat ishlab chiqarishi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash Shahar va tumanlar kesimida jami hajmidagi eng yuqori ulushi Jizzax shahriga 30,8 % Sh.Rashidov tumaniga to‘g‘ri kelib 23,9 % ni va G‘allaorol tumani 22,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,5 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 2,5 % punktga ko‘paydi.