So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-avgust oyida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 185,1 mlrd. so‘mga yetdi.

2023- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 9,7 foizini tashkil etdi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 851,2 mlrd. so‘mga yetdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 10 331,5 mlrd. so‘mni, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 110,7 %ni tashkil etdi.

Sailjoy mahallasida 2023-yil 22-sentabr kuni o‘tkazilgan Targ‘ibot tadbirida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 158-sonli qarori to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish (123,8 %), ta’lim sohasidagi (122,3 %), moliya (120,2 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (5,2 %ga).

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 013 ta bo‘lib, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,6 %ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 93,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 9 089,5 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ni tashkil etdi.

Boshqarmada 2023-yil 22-sentabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish” masalalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Jizzax viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 1491,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 15,6 ming kishiga yoki 101,1 % ga ko‘paydi.

Bugungi kunda viloyatda 2679 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 732 tasi ( faoliyat yuritayotgan korxonalar umumiy sonining 27,3 % i ) Jizzax shahriga...

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 036 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-avgust oyida ushbu sohada 2 048 ta yangi korxona tashkil etilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida 7 ta muzey, 2 ta teatr, 1 ta konsert tashkiloti, 3 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 29 ta madaniyat markazi, 2 ta kinoteatr va 427 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning yanvar-avgust oyida chakana savdo tovar aylanmasi 5109,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 109 583 ta bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,2 foizni tashkil etdi.