So'nggi yangiliklar

2024- yilning 25- noyabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Do'stlik tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Saritepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Joriy yilning 25- noyabr kuni Jizzax shahri hamda Forish tumanida statistika bo‘limi  tomonidan bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Jahon banki tomonidan mamlakatlarning statistik salohiyatini o‘rganish va baholab borish maqsadida yangilangan uslubiyot asosida ishlab chiqilgan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi” (Statistical Performance Indicators - SPI)ning 2023-yil natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilindi.

2024-yilning yanvar–oktabr oylarida, Jizzax viloyatida jami 5079,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning yanvar- oktabr oyiga nisbatan 109,0 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 22 -noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Zomin hamda G'allaorol tumanida  Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘lim boshlig'i L. Lukmanova va bosh mutaxassis X.Xolmatov  “4-xizmat (jsh)” bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvga mas’ul tomonidan kuzatuvlarni sifatli tashkil etilayotganligini oʻrganish maqsadida kuzatuvda ishtirok etdi.

Joriy yilning 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Jizzax viloyatida to’qimachilik maxsulotlari chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 15,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 21- noyabr kuni Yangiobod statistika bo‘limi  tomonidan bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.

Joriy yilning 21- noyabr kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig'i Djo‘rayeva Zulfiya
Jizzax shahar ''Qaliya'' maxallasi To'ptolobod ko’chasi 3 uyda yashovchi Qurbonov Mamir xonadonida kuzatuvda bo’ldi

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-774-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.