So'nggi yangiliklar

2023– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 15 097,5 tonna (2022– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 0,5 % ga ko‘p) baliq ovlandi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 937 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 068 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023– yilning yanvar–dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26 401,2 mlrd. so‘mni yoki 2022– yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari –10 220,7 mlrd. so‘mni (107,2%), chorvachilik mahsulotlari – 16 180,5 mlrd. so‘mni (101,6 %) tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 40 875 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 32,2 trln. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 9,7 mln yoʻlovchi tashilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 201 969,5 mlrd.soʻmni tashkil etgan.

Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassasaning turar joyini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

Joriy yilning 8-fevral kuni Jizzax viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollar zalida viloyat, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 485 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Respublikamiz boʻyicha jami 8 426,6 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilda Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 33 323,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 5,0 % ga o‘sdi. 

Respublikamizda 2024-yil 1-yanvar holatiga 102 604 ta xususiy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 481,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 26 747,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 31 178,2 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mobil radiotelefon abonentlari soni 34 217,3 ming birlikni tashkil etgan.