30/09/2024

      2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 7,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5,5 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

      Yeryongʻoq eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 73,7 % ga oshgan.

      Oʻzbekiston 2024- yilning 8 oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:

      Ozarbayjon – 1 ming tonna;

      Rossiya – 892 tonna;

      Qozogʻiston – 707 tonna;

      Qirgʻiz Respublikasi – 558 tonna;

      Pokiston – 455 tonna;

      Turkmaniston – 347 tonna;

      Germaniya – 330 tonna;

      Xitoy – 288 tonna.