27/09/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda ““Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      2024-yil 1-dekabrga qadar tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024-2025-yillarda 4-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlarni tasdiqlasin. Bunda mazkur tuman va shaharlarda yuqori iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalari uchun Davlat budjetidan 2024-yilda 500 milliard so‘m va 2025-yilda 1 trillion so‘m mablag‘lar ajratilishi belgilab berilgan. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.