06/09/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2024 — 2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror to‘g‘risidagi PQ-308-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      Davlat-xususiy sheriklik loyihalariga 2030-yilga qadar kamida 30 mlrd AQSh dollari miqdorida xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadli ko‘rsatkichini ta’minlash, hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish uchun hududlarda zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatli tajribani boshqa sohalarga tatbiq etish maqsadida ushbu hujjat qabul qilindi. 2024 — 2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq: 2024 — 2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 
2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilandi. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.