27/09/2024

      2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 30,8 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

      Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 23,1 % ga oshgan.

      Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 28,2 % ni tashkil etgan.