11/09/2024

    Joriy yilning 9–14- sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan “Xonatlas – 2024” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shu kuni yurtimizdagi turli tashkilot, idora va oʻquv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni eʼzozlagan holda xonatlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashadi. Ta’kidlash lozimki, bu kabi festivallarning oʻtkazilishi milliy qadriyatlarimizning yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.