Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Probatsiya to‘g‘risida”gi qabul qilingan
O‘RQ-938-sonli qonun bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Qonunning maqsadi probatsiyani amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: probatsiya — muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta’minlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui; Seminar davomida ishtirokchilar faol ishtirok etishdi.