Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan PF-111-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
“O‘zbekiston —2030” strategiyasi ijrosini samarali ta’minlash, norma ijodkorligi jarayonida “aqlli tartibga solish” usullaridan keng foydalanish hamda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish barqarorligini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda qonunchilik hujjatlari natijadorligini monitoring qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida qaror qabul qilindi. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.