27/08/2024

      2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 765,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.

      Ushbu sohada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining 58 % i Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

      Hududlar kesimida sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi:

      Toshkent shahri – 444,6 mlrd soʻm;

      Toshkent viloyati – 151,9 mlrd soʻm;

      Fargʻona viloyati – 27,7 mlrd soʻm;

      Samarqand viloyati – 24,8 mlrd soʻm;

      Namangan viloyati – 21,9 mlrd soʻm;

      Buxoro viloyati – 21,2 mlrd soʻm;

      Andijon viloyati – 14,3 mlrd soʻm; 

      Qashqadaryo viloyati – 13,5 mlrd soʻm;

      Jizzax viloyati – 11,4 mlrd soʻm;

      Xorazm viloyati – 9,8 mlrd soʻm;

      Navoiy viloyati – 7,8 mlrd soʻm;

      Sirdaryo viloyati – 5,8 mlrd soʻm;

      Qoraqalpogʻiston Resp. – 5,7 mlrd soʻm;

      Surxondaryo viloyati – 5,4 mlrd soʻm.