2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importi hajmi 8 384,6 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 44,5 % ini tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi:
Surxondaryo viloyatida – 87,7 %;
Sirdaryo viloyatida – 80,5 %;
Farg‘ona viloyatida – 74,6 %;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 72,2 %;
Qashqadaryo viloyatida – 68,9 %;
Namangan viloyatida – 61,2 %;
Buxoro viloyatida – 60,2 % ni tashkil etgan.